Umra joizmi

Assalomu alaykum! Men oylik maoshimdan yig‘ib onamni umra safariga junatmoqchi edim. Otam oldinlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanardilar va yaqinda shu ishni to‘xtatdilar va yakunda anchagina qarzdor bo‘lib qoldilar. Qarzlarini to‘lashni bo‘ynimga olish niyatidaman. Bir yaqin qarindoshimiz qarzdor odamga xaj farz bo‘lmaydi, qarzdan qutulib keyin jo‘natganing ma’qul dedi. So‘ramoqchi bo‘lganim bu vaziyatda men yoki onam xam qarzdor xisoblanamizmi? Umra safariga pulni oylik maoshimdan to‘plagan bo‘lsam xam onamni jo‘natishim joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo otangizni qarzini uzganingiz afzal. Agar haqdorlar rozi bo‘lishsa jo‘natsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 132 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar