Qarzni olib qolish
Assalomu aleykum xurmatli Shayx xazratlari,Bir qarindoshim do‘sti bilan gaplashib, meni yurib turgan ishim uchun mablag‘ qo‘shishdi. Men ularga bu ish sal nozikroq ekanini, xatto tani xam yo‘q bulib qolishi mumkinligini tushuntirdim. Qarindoshim faqat o‘rtada turdi, do‘sti esa pul tikdi. Ular kelgan foydani xam, buladigan zararni xam o‘zlari oralarida teng 2 ga bulishishga kelishishdi. Ish jaraenida foyda ko‘p bo‘lmadi va men u pullarni sekin-asta berishni boshladim. Bu ishga puli tikilmagan, lekin foydaga xam, zararga xam do‘sti bilan teng sherik bulgan qarindoshimni mendan avval olgan qarzi bor edi. Shu qarzni shu pullardan olib qolsam bo‘ladimi? Qarzni olib qolganimda, ish jaraenida bo‘lgan foyda kamlik qilib, bir oz taniga xam o‘tyapti. Shu qarindoshim bizga kuyov edi, xozirda singlim bilan ajrashishgan. Uni singlim va otamdan xam qarzi bor, u pullarni xam olib qolsam buladimi?Avvaldan raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Quyovning haqidan olsa bo‘ladi. Sheriginikidan emas.
6 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 147 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Quyovning haqidan olsa bo‘ladi. Sheriginikidan emas.
6 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 147 | Islam