Qiyin holat

Assalomu alaykum! Bozorda savdo qilaman. Peshinga tahorat olib o‘qib oldim. Hojatga borgim kelgan edi, lekin yana bir oz chidab turadigandek tuyuldi va Asr vaqti kirganda asrni takbirini aytib boshladim. Sanoni aytib bo‘lib chidab bo‘lmaydigan darajada kichik xojat qilgim kelib qoldi. Shunda men tik turgan holatda ikki elkaga salom berib namozni to‘xtatdim va hojatga borib hojatimni chiqarib bo‘lib, tahorat olib kelib, takbir aytib, asr namozini o‘qib oldim. Shu qilgan ishimni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri ish qilibsiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar