Egalik qilingan pul eki aktsiyani himoyalash

O‘zida bor aktsiya himoyasi uchun derivatlardan foydalanish mumkinmi? Derivat-bu g‘arb banklarida o‘ylab topilgan moliyaviy tovar bo‘lib, ko‘pincha o‘zida yo‘q narsani sotish yoki olish va birjalarda spekulyatsiya uchun ishlatilinadi - bu aniq harom. Lekin bu derivatlarni boshqa taraflama ham ishlatishadi. Masalan, mol eksport qiladigan firmalar valyuta kursi o‘zgarib ketishidan himoya uchun xedjing, ya’ni shu valyuta kursini himoya kiladigan derivatlarni sotib olishadi. Bu derivat, ularga valyutani biror muddat ichida ma’lum kurs bo‘yicha bozordagi kursga qaramasdan sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Inglizcha saytlarda o‘qishimcha, ulamolar bunday derivatlarga juda ehtiyot bo‘lib qarashar, ammo mol sotayotgan firmalar uchun “halol” degan fatvo berishgan ekan. Chunki ular faqat o‘zida bor molni himoyalashmoqda. Masalan, menda ham biror firmaning aktsiyasi bo‘lsa, bu aktsiyani sotish niyatim bo‘lmasa, uni kurs tushib ketishdan himoya uchun derivatni sotib olsam va foyda qilsam-u halolmi? Lekin kurs oshib ketsa zarar qilaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘qigan fatvongizga amal qilsangiz bo‘ladi.

26 May 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar