Ular emikdoshmi?
Assalamu alaykum muhtaram hazrat!Bir qo‘shnimiz nikohga oid savol borligini aytib qoldilar. Men avvalo sizning vaqtingizni olmaslik, hamda ta’liyf etgan kitoblaringiz va yoki internet sahiyfalarida qo‘shnimizning muddaolariga javob bo‘lsa, takror chiqishni ko‘paytirmaslikni iroda qilgandim. Lekin u kishi bayon qilgan xolatning aynan o‘zi kabisini uchratmadim. Sal o‘xshash xolatlar bordek, ammo o‘shalar xaqidan sizdan so‘rab bilganimiz afzal degan xulosa qildik. Savol so‘rovchi qo‘yidagicha murojaat qildilar:"Uka shu bir singlimizning qizlarini yana bir singlimizning o‘g‘illariga nikohlab bermoqchi edik. Ammo uzatilmoqchi bo‘lgan qizni yana bir boshqa singlimiz go‘dakligida emizgan ekanlar. Shu bilan birga uylatilayotgan yigitni ham qaysidir to‘y marosimida uyqusirab, emizib qo‘ygan ekanlar. Bularning nikohiga yo‘l bormi, bilib bering" deyishdi. Men "Xadis va xayot"ning nikohga oid ju’zidan Uqbatu ibn Horis roziyallohu anhuning xadislarini ularga ayttim. Lekin Ular kuyov bo‘lajak yigitning atiga bir bora, uyqusirab emizilgani xaqida alohida to‘xtalishmoqda. Masala nikoh masalasi, kelajakka qo‘yiladigan poydevor masalasi bo‘lgani sababidan, hamda bularning misollari kabi savolga berilgan javobni topmaganim(mukammal qidirdim deb bilmayman o‘zimni) tufayli ularning muddaolariga shariat qanday yo‘l ko‘rsatganini sizdan bilib berishga so‘z berdim. Shu o‘rinda aytishim kerak, har ikki yosh emizilgan paytlari ikki yoshdan kichik bo‘lishgan. Birlarining to‘yib emganlariga shubxa yo‘q. Ammo uyqusirab emizganlarida sut qoringa etib borganmi, sut suyuq bo‘lganmi buni emizgan ayol eslay olmasliklarini bayon qilganlar. Emiza turib, bola o‘zlariniki emasligini bilgan zahoti ko‘krakdan go‘dakni ajratganlarini e’tirof qilibdilar. Shu bilan birga ko‘kraklarida o‘shanda sut bo‘lganini ham aytganlar. Muhtaram shayh hazratlari yuqoridagi voqeaning shar’iy xukmi qanday bo‘ladi? So‘zimiz oxirida sizning qilayotgan xayrlik ishlaringizga Allohdan baraka so‘rab, o‘zi ajrsiz qoldirmasligini iltijo qilamiz. Iloho, oxiratida munosib taqdirlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uyqusiragan bo‘lsa ham, sut bolaning qorniga tushsa harom bo‘ladi.
2 May 2022, 09:55 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uyqusiragan bo‘lsa ham, sut bolaning qorniga tushsa harom bo‘ladi.
2 May 2022, 09:55 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush