Sunnati muakkadani tark etsa gunox yoziladimi?
Assalomu alaykum. Shayx Muhammad Sodiq rahimahullohning Mo‘minning meroji kitobi amallarning hukmi nomli mavzusida, sunnat amal 2ga bo‘linishi va sunnati muakkadaga amal qilmagan odam gunohkor bo‘lishi yozilgan. Lekin Azon aytish sunnati muakkadaligini hisobga olgan holda masjidimis imomidan azonni aytmasa gunohkor bo‘ladimi, umuman, har bir sunnati muakkadani (hattoki 5 mahal namozning sunnatlarini ham) bajarmaydigan odam gunohkor bo‘ladimi degan savolimga " Yo‘q bo‘lmaydi, malomat qilinadi hamda Allohning rahmatidan uzoqlashadi" deb javob berdilar. Malomat kim tomonidan bo‘ladi er yuzida odamlar tomonidanmi yoki qiyomat kunidami? Hamda sunnati muakkadani bajarmagan odam gunohkor bo‘ladimi yo‘qmi degan savolga sizlardan chuntiribroq javob olmoqchi edim! (Savolimdagi sunnati muakkadani bajarmaslik uni inkor etib kufr hukmida, besunnat bo‘lib bajarmaslik emas, shunchaki bajarmaslik ma’nosida). Rahmat ishlaringizga rivoj tilayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitobdagi gap to‘g‘ri. Gunohlik darajasi makruhga to‘g‘ri keladi. Qasddan bardavom tark qilish bilan gunohi kabiraga aylanishi mumkin. Malomat qilinishdan murod qiyomat kunidagi malomatdir. Sunnatni tark qilishni engil sanamaslik kerak. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nikoh mening sunnatimdir, kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emasdir», deganlar. Shu hadisdagi “kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emasdir” deyilgan joyiga e’tibor qaratish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar