Uylanish va ilm olish

Assalamu Alaykum. Ustoz, sizga bir savol bilan murojaat etishga ruxsat bergaysiz. Buni maslaxat desam xam bo‘ladi. Ustoz, Alhamdulillah, o‘tgan yili universtitetga kirdim, yoshim 20 ga borib qolgan. Oilaviy sharoitimiz Allahga shukur yaxshi, o‘zim ham oz moz pul ishlab turaman. Men uylanish niyyatida edim. Allah sizdan rozi bo‘lsin "Baxtiyor Oila" kitobingizni o‘qib juda ham tasirlandim va ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim, shuni ham bildimki uylanishni kechiktirmaslik kerak ekan. Er-xotin vazifalarini o‘rganib chiqdim. Ustoz uylanaman desam atrofdagilar(Qarindoshlar) o‘qishinga ta’sir qiladi, o‘qi boshingi boshqa masala bilan qotirma deb ko‘pchilik qarshilik qilishyapti.Otamga ham shunday deyishibdi. Bunday olib qarasa xozir o‘zi kochada yurish qiyin bo‘lib qolgan, o‘qishdaku gapirmasaham bo‘ladi. Uylanish bilan men shu kabi muammolardan qutilaman desam. Menga uylangandan keyin muammolarni(o‘qishga taasirini) etishyapti. Shunga sizdan maslaxat so‘ramochi edim. Qanday yo‘l tutay? Ustoz, savol berishdan oldin qarab chiqdim, lekin bunday muammoli masalani ko‘rmadi. Allah rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Istixora qiling.

2 May 2022, 10:38 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar