Islomiy Sayt

Assalomu alaykum! Men sayt yaratishni oz-moz bilar edim. Shuning uchun yaxshi niyatda islomiy sayt tuzmoqchi edim. Sayt tuzsam menga chora ko‘rilmaydimi, saytim bloklanmaydimi shuni bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Diniy bilimlaringiz bo‘lmasa, ishonchli ustozlar huzurida ishonchli kitoblardan ta’lim olmagan bo‘lsangiz bu ishga aralashmang. Din tirikchilik qiladigan yoki mutaxassis bo‘lmasdan faoliyat yurgizadigan soha emas. Vallohu a’lam!

2 Avgust 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar