Kosher go‘shtlar haqida

Assalomu alaykum, Shayx Hazratlari! Amerikada juda ko‘p kosher go‘sht topsa bo‘ladi, lekin halol kam. Man halol va harom so‘yishlar haqidagi hamma postlarni o‘qib chiqdim, lekin bu savolga javob yo‘q. Kosher go‘sht halol hisoblanadimi? Yahudiylar so‘ysa halol deb javob bergan ekansiz, lekin ular so‘yayotganda Allohni nomini zikr qilmaydiku, aynan arab tilida? Yoki bu shart emasmi? Umuman nasroniy va yahudiylarning qaysi holatdagi so‘yishlari halol hisoblanadi?Men rosti halol go‘sht uchun juda uzoq masofaga borishim kerak va doim shubha bilan yuraman. Shuning uchun yaxshisi emay qo‘ya qolaman. Oldindan katta rahmat! Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Arab tilida aytishi shart emas. Alloh taolo Qur’oni Karimda ahli kitoblarning taomi bizga halolligini aytgan. O‘shanda o‘z dini ko‘rsatmasi asosida so‘yish ko‘zda tutilganini ulamolar ta’kidlaganlar. Hozirgi paytda yahudiylarniki shu qoidaga to‘g‘ri kelishini ham hozirgi ulamolar aytishgan.

2 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar