O‘qishni qachon o‘rganganlar?

Assalomu alaykum! Jabroil alayhissalom payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga 3-4 marta o‘qing degan ekanlar. Payg‘ambarimiz men o‘qishni bilmayman deb 3-4 marta qaytargan ekanlar. Payg‘ambarimiz hayotliklarida o‘qishni ham she’r aytishni ham bilmagan ekanlar. Meni miyyamga bir savol joylashib qoldi, unda payg‘ambarimiz Qur’onni qanday o‘qib berganlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘shandan keyin Alloh taolo vahiy orqali ilm bergan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 136 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar