Erning roziligi
Assalomu alaykum! Ustozlar erning roziligisiz ayol jannatga tushmaydi deb eshitganman, lekin rozi rizochilikni tushunmasdan rozimasman so‘zini aytsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nohaq norozi bo‘lsa, e’tibori yo‘q, lekin erning roziligisiz ayol jannatga kirmaydi. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi:الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاء بِمَا فَضَّلَ اللّهُ بَعْضَهُمْ عَلَى بَعْضٍ وَبِمَا أَنفَقُواْ مِنْ أَمْوَالِهِمْ فَالصَّالِحَاتُ قَانِتَاتٌ حَافِظَاتٌ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللّهُ وَاللاَّتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلاَ تَبْغُواْ عَلَيْهِنَّ سَبِيلاً إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيرًا34. Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh ko‘tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmang. Albatta, Alloh Oliydir, Ulug‘dir.عَنْ قَيْسِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَتَيْتُ الْحِيرَةَ فَرَأَيْتُهُمْ يَسْجُدُونَ لِمَرْزُبَانٍ لَهُمْ، فَقُلْتُ: رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَحَقُّ بِذَلِكَ، فَأَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقُلْتُ لَهُ ذَلِكَ، فَقَالَ: أَرَأَيْتَ لَوْ مَرَرْتَ بِقَبْرٍ أَكُنْتَ تَسْجُدُ لَهُ؟ قُلْتُ: لَا، قَالَ: فَلَا تَفْعَلُوا، لَوْ كُنْتُ آمِرًا أَحَدًا أَنْ يَسْجُدَ لِأَحَدٍ لَأَمَرْتُ النِّسَاءَ أَنْ يَسْجُدْنَ لِأَزْوَاجِهِنَّ لِمَا جَعَلَ اللهُ لَهُمْ عَلَيْهِنَّ مِنَ الْحَقِّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ والْحَاكِمُ التِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: لَوْ كُنْتُ آمِرًا أَحَدًا أَنْ يَسْجُدَ لِأَحَدٍ لَأَمَرْتُ الْمَرْأَةَ أَنْ تَسْجُدَ لِزَوْجِهَاQays ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Termiziyning lafzida: «Agar birovni birovga sajda qilishga amr qiluvchi bo‘lsam, xotinni eriga sajda qilishiga amr qilgan bo‘lur edim», deyilgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifda erning xotindagi eng bosh haqqi to‘g‘risida so‘z ketmoqda. Roviy Qays ibn Sa’d Fors imperiyasining qadimgi shaharlaridan biri – Hayra shahriga borgan ekan. O‘sha erning aholisining Mirzabonga, ya’ni podshohdan keyingi martabada turadigan askarboshiga sajda qilayotganlarini ko‘ribdi. Shunda «Bunday hurmat va e’zozga bundan ko‘ra Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqliroqlar», degan fikrni xayolidan o‘tkazibdi u. Safardan qaytib kelgandan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, «Biz ham sizga sajda qilsak bo‘lar ekan», degan ma’nodagi fikrni aytibdi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u kishiga bu masalani ajoyib bir uslub bilan tushuntiribdilar. Avval u kishidan: «Ayt-chi, bir qabrning oldidan o‘tsang, unga sajda qilarmiding?» deb so‘rabdilar. «Yo‘q», deb javob beribdi Qays ibn Sa’d roziyallohu anhu. «Unday qilmanglar», debdilar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Chunki o‘likka sajda qilish bilan tirik odamga sajda qilish barobardir. Tirik odam ham baribir tezda o‘ladi. O‘ladigan odamga sajda qilish o‘lganga sajda qilish bilan teng. Sajdani o‘lmaydigan zotgagina qilish kerak. Dunyoda hech o‘lmaydigan bittayu bitta Zot – Alloh taolo bor. Shunday ekan, faqat Allohgagina sajda qilish lozim. Mobodo, farazan, odam odamga sajda qilishi joiz bo‘ladigan bo‘lsa, Islomda xotinning eriga sajda qilishi yo‘lga qo‘yilar edi. Islomda erning xotinidagi haqqi shunchalik ulug‘ hisoblanadi. Chunki rahbarga itoatsizlik hech bir insoniy jamiyatga to‘g‘ri kelmaydi. Er esa oilaning rahbaridir. Agar ayol erning itoatida bo‘lsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan bo‘ladi. Oqibatda oilada do‘stlik, muhabbat hukm suradi, oila mustahkamlanadi, qut-barakali bo‘ladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishiga, boshqa ko‘plab noqulayliklarga sabab bo‘ladi. Har bir musulmon oilaning a’zosi ushbu haqiqatni yaxshilab tushunib olmog‘i kerak. Shu bilan birga, Allohga gunoh bo‘ladigan ishlarda erga ham, undan boshqaga ham itoat qilish yo‘qligi umumiy qoida ekanligini ham bilib qo‘yish lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Lekin er o‘zining maqomini su’istemol qilmasligi kerak. Alloh taolo “Niso” surasi 19-oyatida:وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِن كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَن تَكْرَهُواْ شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًاva ular (ayollar) ila ma’ruf holatda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, ajab emaski, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Noo‘rin aytilgan norozilik, duoibadning e’tibori yo‘q. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 196 | Oila va turmush