Farz amali uchun yolg‘on

Assalomu alaykum! Farz amalini bajarish uchun yolg‘on ishlatsa bo‘ladimi? Masalan: Farz namozini o‘qish uchun kollej o‘qituvchisidan yolg‘on  baxona qilib ruxsat so‘rash. Rostini aytilsa namoz qazo bo‘lishi aniq.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahorat yoki hojatga chiqib kelay deb ruxsat so‘rab chiqqan kishi, tahorat qilib  yo‘l-yo‘lakay namoz o‘qib kelsa yolg‘on gapirgan bo‘lmaydi. Dinimizda oshkora yolg‘onga ruxsat yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar