Kitob yasash

Assalomu alaykum! Internetdagi amazon.com saytida Den Braunning DaVinchi kitobi aytaylik 15$ turadi. Lekin O‘zbekistonda men kitobni atrofdagi kitob do‘konlaridan topolmadim. Keyin telegram kanalidan shu kitobning o‘zbekchaga tarjima qilingan varintini (pdf) formatini topdim. Keyin esa ko‘zimga ko‘p nur zararli bo‘lgani uchun kitob shaklida chiqardim, lekin hech kimga sotmadim sotmayman ham. Faqat o‘zim uchun o‘qishim uchun kitob shaklida chiqardim. Shu qilgan ishim bilan mualliflik huquqini buzgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitobni sotib olgan bo‘lsangiz xohlagan shaklda chiqarib o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 14:07 | Savol-javoblar | 149 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar