"nakladnoy" uchun to‘lov

Assalomu alaykum! Men do‘kon xo‘jayiniman. Qo‘limda qassob ijara asosida go‘sht sotadi. U sotadigan go‘shti uchun hisob-faktura(nakladnoy) talab qilinadi, lekin qassob bunda soliq to‘lovi bo‘lgani uchun nakladnoy rasmiylashtirmaydi. Men unga engillik bo‘lishi uchun aslida sotib olmasamda, go‘sht etkazib beradigan tasheilotga nakladnoy berishi uchun pul o‘tkazib beraman. U esa shu pulning 15%(QQS summasi)ini ushlab qolib qolgan pulni qaytarib beradi. Shu ishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishingizda riboning shubhasi bor. Chunki siz unga pul o‘tkazib, o‘rniga mol olmay bergan mablag‘ingizdan ozrog‘ini qaytarib olyapsiz. Ana shu oradagi farq ribo bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar