Dunyoviy maqsadlarga bog‘liqlik

Assalomu alaykum! Texnologiyalar sohasidagi qiziqishim sabab dunyoviy narsalarga bog‘liqligim kuchli. Masalan, yaxshi kompyuter, telefon, mashina va x.k olishni o‘zimcha xohlayman. Biroq ularga etishish uchun yillar umrim o‘tib ketishi aniq. Tabiiy ularni olish uchun ko‘p miqdorda pul ketadi, to‘plash uchun pul ishlatishdan tiyilish kerakdek tuyuladi. Bu esa meni baxil qilishi turgan gap. Shunday dunyoviy xirslarni qalbimdan quvish uchun nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmon kishi qo‘liga tushganini oxirati uchun jo‘natishga harakat qilishi kerak. Qilgan yaxshi amallarining savobini bu dunyoda naqd qilib berilishidan qo‘rqishi kerak. فَجَلَسْتُ حِينَ رَأَيْتُهُ تَبَسَّمَ، ثُمَّ رَفَعْتُ بَصَرِي فِي بَيْتِهِ، فَوَاللهِ مَا رَأَيْتُ فِيهِ شَيْئًا يَرُدُّ الْبَصَرَ غَيْرَ أَهَبَةٍ ثَلَاثَةٍ. فَقُلْتُ: ادْعُ اللهَ فَلْيُوَسِّعْ عَلَى أُمَّتِكَ، فَإِنَّ فَارِسَ وَالرُّومَ وُسِّعَ عَلَيْهِمْ وَأُعْطُوا الدُّنْيَا، وَهُمْ لَا يَعْبُدُونَ اللهَ، وَكَانَ مُتَّكِئًا. فَقَالَ: «أَوَفِي شَكٍّ أَنْتَ يَا ابْنَ الْخَطَّابِ؟ أُولَئِكَ قَوْمٌ عُجِّلَتْ لَهُمْ طَيِّبَاتُهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا». فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ اسْتَغْفِرْ لِي  U zotning tabassumlarini ko‘rgach, o‘tirdim. Keyin u zotning uylariga ko‘z tashladim. Allohga qasamki, oshlanmagan uchta teridan boshqa ko‘zga ilinadigan biror narsa ko‘rmadim. Keyin: «Allohga duo qiling, ummatingizga mo‘l-ko‘lchilik qilib bersin. Zero, Fors va Rumga mo‘l-ko‘lchilik qilib berilgan va ularga mol-dunyo ato etilgan, vaholanki, ular Allohga ibodat qilmaydilar», dedim. U zot suyanib o‘tirgan edilar. Shunda: «Sen shakdamisan, ey Ibn Xattob? Ular – lazzatlari dunyo hayotidayoq berib qo‘yilgan qavmdir», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, Allohdan men uchun mag‘firat so‘rang!» dedim. عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنْتُ مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَلَمَّا أَبْصَرَ - يَعْنِي أُحُدًا - قَالَ: «مَا أُحِبُّ أَنَّهُ يُحَوَّلُ لِي ذَهَبًا يَمْكُثُ عِنْدِي مِنْهُ دِينَارٌ فَوْقَ ثَلَاثٍ، إِلَّا دِينَارًا أُرْصِدُهُ لِدَيْنٍ». ثُمَّ قَالَ: «إِنَّ الْأَكْثَرِينَ هُمُ الْأَقَلُّونَ، إِلَّا مَنْ قَالَ بِالْمَالِ هَكَذَا وَهَكَذَا». وَأَشَارَ أَبُو شِهَابٍ بَيْنَ يَدَيْهِ وَعَنْ يَمِينِهِ وَعَنْ شِمَالِهِ - وَقَلِيلٌ مَا هُمْ - وَقَالَ: «مَكَانَكَ». وَتَقَدَّمَ غَيْرَ بَعِيدٍ، فَسَمِعْتُ صَوْتًا، فَأَرَدْتُ أَنْ آتِيَهُ، ثُمَّ ذَكَرْتُ قَوْلَهُ مَكَانَكَ حَتَّى آتِيَكَ، فَلَمَّا جَاءَ قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، الَّذِي سَمِعْتُ أَوْ قَالَ: الصَّوْتُ الَّذِي سَمِعْتُ؟ قَالَ: «وَهَلْ سَمِعْتَ؟» قُلْتُ: نَعَمْ. قَالَ: «أَتَانِي جِبْرِيلُ عَلَيْهِ السَلام فَقَالَ: مَنْ مَاتَ مِنْ أُمَّتِكَ لَا يُشْرِكُ بِاللهِ شَيْئًا دَخَلَ الْجَنَّةَ». قُلْتُ: وَإِنْ فَعَلَ كَذَا وَكَذَا؟ قَالَ: نَعَمْ Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga edim. Uhudni ko‘rganlarida: «Shu men uchun tillaga aylansa, huzurimda qarzga ajratadigan dinorimdan tashqari biror dinor ham uch(kun)dan ortiq qolishini istamayman», dedilar. Keyin: «Albatta, (bu dunyoda mol-dunyosi) ko‘plar (oxiratda savobi) kamlardir, mol-dunyoni bunday-bunday qilganlardan tashqari – Abu Shihob (roviylardan biri) oldiga va o‘ng-chap tomonlariga ishora qildi* – ammo ular juda ham oz», dedilar. So‘ng: «Joyingda tur», dedilar-da, biroz oldiga yurdilar. Qandaydir ovoz eshitdim. Oldilariga bormoqchi bo‘ldim-u, keyin «O‘zim oldingga kelgunimcha joyingda tur» degan gaplarini eslab qoldim. U zot kelgach: «Ey Allohning Rasuli, eshitganim...? [yoki men eshitgan ovoz...?]» dedim. «Eshitdingmi?» dedilar. «Ha», dedim. «Oldimga Jabroil alayhissalom kelib: «Ummatingizdan kim Allohga shirk keltirmay vafot etsa, jannatga kiradi», dedi», dedilar. Men: «Falon-falon ishlarni qilsa ham-a?» dedim. U zot: «Ha», dedilar».
Izoh: Sanaddagi Abu Shihob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «mol-dunyoni bunday-bunday qilganlardan tashqari» degan gaplarini ustozlaridan olgan ilmi asosida izohlab bermoqchi bo‘lib, qo‘llarini oldinga, o‘ng va chap taraflariga uzatgan. Bu bilan mol-dunyoni xayru ehson qilish, turli taraflarga infoq qilishga ishora qilgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 14:10 | Savol-javoblar | 141 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar