Xizmat haqi

Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, ba’zi paytlarda arzimagan ishga ham mast bo‘lib qolgan mehmonlar odatdagidan ko‘proq pul berishadi. Ushbu holatda xizmat haqim halol bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo ularga xizmat haqqingizni qanchaligini tushuntiring. Mabodo “ortgani senga yoki hadya” deyishsa olishingiz joiz. Lekin mast bo‘lishidan nimani iroda qilganingizni tushunmadik. Vallohu a’lam.

2 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar