Jum’a namoziga shoshilib borish yoki hadisga amal qilib shoshilmay borish

Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari,Payg‘ambarimizdan vorid bo‘lgan bir hadis bo‘yicha savol bermoqchi edim. Hadisni mazmuni quyidagicha: Agar masjidga borayotganda shoshilmasdan, bemalol boringlar, topganlaringni o‘qinglar, kamini oxiriga etkazib qo‘yinglar.Bizga ma‘lumki Jum‘a namozi farz qilingan, besabab qoldirgan kishi gunohkor bo‘ladi. Shunday holatlar bo‘ladiki ayrim vaqtlari, agar Jum‘a namoziga shoshilmasdan, yugurmasdan yurib borilsa, ulgurmasligi aniq. Agar yugurib borilsa Namozga ulguradi, lekin yuqoridagi hadisga zid bo‘lib qoladi, shoshilmasdan yugurmay borilsa Jum‘a namoziga kech qoladi, ulgurmaydi. Bunday holatlar ba‘zi hollarda ko‘pchilik birodarlar orasida ham bo‘lib turadi. Shunday vaqtlari Jum‘a namoziga ulgurish uchun shoshilib, yugurib borsa bo‘ladimi yoki hadisga amal qilaman, deb agar yugurmasa Jum‘a namoziga ulgurmasligini bila turib, shoshilmasa ham bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi. Chunki, hadisda ulgurish mumkin bo‘lgan holat aytilgan. Ya’ni, qolganini to‘ldirib olasiz, deyilgan.

2 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar