Xristian kaynota

Assalomu alaykum! Bo‘lajak erimning otasi, ya’ni bo‘lajak qaynotam xristian dinida (rus millati). Bo‘lajak erim va qaynonam esa musulmon dinida Alxmadulillax. Qaynota va qaynona o‘zbek uruf odatga ko‘ra turmush qurishgan ekan, lekin qaynota musulmon dinini qabul qilmagan. Savolim shuki: qaynotam menga maxram bo‘la oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynotangiz bilan qanonangiz orasidagi nikoh bog‘lanmagan. Ikkisi bir-biriga er-xotin emaslar. Er musulmon bo‘lmaguncha o‘rtaga nikoh o‘qilsa ham bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar