Barcha sayt a’zolariga! ! !
Sayt a’zolari! Sizlarga bir taassufli narsa xususida so‘zlamoqqa ijozat bergaysizlar. Juda ko‘p savollarda ilgari so‘ralgan savollar namoyondir. Zero, saytda izlash xizmati joriy qilingan bo‘lib, izlash xizmati joriy saytdan va eski arxiv saytdan sizning izlayotgan savolingizga o‘xshash savollarni taqdim etadi. Va shu bilan birga javoblarini ham. Biz qayta-qayta bir mavzuda savol beraversak, ham Shayx hazratlarini vaqtini olamiz, ham administratorlarning vaqtini olamiz, ham o‘zimizga o‘xshagan sayt a’zolarining vaqtini olamiz, ham o‘zimizga bo‘lgan hurmatni, izzatni toptagan bo‘lamiz. Kelinglar, biror holat yuzasidan mubolag‘a tug‘ildimi, avvalo soddaroq tarzda ushbu holatni tasvirlaydigan so‘zlarni avval lotin harfida, keyin kirill harfida izlash xizmati orqali izlab ko‘raylik. Axir, bu bilan biz avvalo Shayx hazratlarini vaqtini tejagan va asablarini buzmagan bo‘lamiz. Shu jumladan administratorlarning ham vaqtini, asablarini tejaylik! ! ! Saytda yaratilgan qulayliklardan o‘z o‘rnida bekamu ko‘st foydalanaylik! Deyarli 10% savollarda “Bu savolga javob berilgan, uni mana bu linkdan o‘qing” degan javobni o‘qib, ba’zan xunob bo‘lamiz. Inshoalloh, bu gaplarimni og‘ir olmaysizlar. Alloh nasib qilsa, bu mavzuni boshqa ko‘tarmasdan chiroyli tarzda qabul qilsak, bag‘oyat go‘zal ish bo‘lar edi. Alloh barchamizni yaxshilikda jam qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling! Biz sizga o‘xshagan aqlli, farosatli, ilmli va odobli kishilarimiz ila faxrlanamiz.
2 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling! Biz sizga o‘xshagan aqlli, farosatli, ilmli va odobli kishilarimiz ila faxrlanamiz.
2 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar