1313 savol Yuzasidan

Assalomu alaykum! Xurmatli Ustozlar va Ilm Soxiblari Savolim Bundan 1- 2 xaftacha oldin Ilxomjon tomonidan so‘ralgan 1313- sonli savol yuzasidan. Savoldv ilxomjonning do‘sti Bir taqvodor Insonning qizaga uylangani, ammo kelin to‘ydan keyin Kuyovning ota onasining xizmatini qilishdan bosh tortganligi masalasida. Bunda Siz azizlar tarafidan yo‘llangan javobda Kelin qayniota qaynona xizmatini qilishi vojib emas deyilgan. Lekin masalaga boshqa tarafdan qaraganda kelin erini buyrug‘ini qilishga majbur deb o‘ylayman. Shuncha vaqt kelishmovchiliklar davrida Kelinni turmush o‘rtog‘i unga ota onasini xizmatini qilishini tayinlagan bo‘lishi kerakku. Agar kelin erining to‘g‘ridan to‘g‘ri amriga qarshi borgan bo‘lsaham bu o‘rinda kelinni xatti xarakatlarini oqlab bo‘ladimi? Keyin bu masala yuzasidan hamma tarafni qanoatlantiradigan echimni topsa bo‘ladimi ? Xususan agarda kelin shu xizmatdan qachib ota uyiga ketgan ekan ota esa qizini qilgan ishi uchun shariat nuqtai nazaridan kelib chiqib uni ayibsiz deb bilib uni oldini olayotgan ekan, Bu narsalar shariatda ajralishgaham sabab bo‘lmas ekan  Unda kuyov ota onasini roziligi uchun Ularni xizmatiga bu kelinni ustiga yana uylansa bo‘ladimi ? Shariatda bu taqiqlanmaganku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayolning eriga itoat qilishi alohida masala,  erning ota-onasiga xizmat qilishi boshqa masaladir. Sizning savolingizdagi holatlarda adolatli kishilar ikki tomonga chiroyli nasihat va tavsiyalar berish bilan isloh qilishga harakat qilishlari lozim. Shariatda oilaga tegishli masalalar ikki tomonning ishtirokidagi jonli majlisda muhokama qilinadi va unga echimlar taqdim qilinadi. Javobda biz shariatimizning umumiy ko‘rsatmalarini aytib o‘tdik. Oiladagi kelishmovchilik doimo bir oilaniki boshqasidan farq qiladi. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Baxtiyor oila”  nomli kitoblarida bu haqida umumiy holatlar bayon qilingan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar