Eski qarzdorlik

Assalomu alaykum! Men 5 yil oldin bir do‘kondan qarz olgandim shu kungacha qarzimni berishga erindim beramanda deb o‘zimni o‘zim aldab yuraverdim mana shu kun qarzimni uzdim lekin do‘kon xo‘jayiniga meni tanishim sizdan qarzi bor edi shuni mendan yubordi dedim chunki unga sizdan 5 yil oldin qarzga narsa olgandim deb aytolmadim qarzimni berdim. Meni savolim qarzim uzuldimi? Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uzildi. Bu erda yolg‘on gapirishga hojat yo‘q edi. Agar obro‘ingizni o‘ylagan bo‘lsangiz shu holatda rostini aytganingizda Alloh sizni obro‘yingizni xayolingizga ham kelmaydigan darajada ko‘tarib qo‘ygan bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar