Ho‘ va quruq mevalar ijarasi

Assalomu Alaykum Ustoz! Sizga savolim quyidagicha: Hozirgi kunda osh, ehson , maraka va nikoh bazmlarida dasturxonga ho‘l va quruq mevalar qandolat mahsulotlarining ijaraga olinishi yo‘lga qo‘yilgan. Shaxsan o‘zim shu ish bilan shug‘ullanaman . Ish qoidsi: Mahsulotlarni etkazib berish dasturxonni bezatish va eg‘ishtirib olib ketish. Marosim boshida har bir mahsulotni tarozda tortib olaman va tugagach ishlatilgan mahsulot qiymatini bilish uchun yana taroziga tortaman. To‘lovi: Har bir dasturxon(stol) uchun ijara haqqi o‘rtacha 5000 so‘m va shuningdek faqat ishlatilgan mahsulotlar uchun kilosiga bozor narxida pul olaman. Shu ish shariatda durustmi ?1 yillik tajribamdan bildimki bu ham to‘y egasiga ancha arzon tushadi hamda katta isrofgarchilikni oldi olinadi Shunga nima deysiz Ustoz !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha joiz.

6 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 143 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar