G‘isht zavodidagi holat

Assalomu alaykum! G‘isht zavodida mavsusmiy ishchilar yollanadi. Ish haqi g‘isht sonidan kelib chiqib belgilanadi. Misol uchun bir dona g‘ishtga 25 so‘mdan. Savolim shundan iboratki 40 ming 50 ming g‘ishtlarni hech ham donalab sanalmaydi. Qatorlar sanalib bir qatorda nechta g‘isht bo‘lsa shunga ko‘paytiriladi. Lekin har qatorda bir hil sonda g‘isht bo‘lmaydi, 1 yoki ikki dona farq qiladi. Misol uchun bizni holatda bir qatorda 15 yoki 14 ta, ayrim holatlarda undan kam g‘isht bo‘ladi. G‘isht qo‘yuvchi yolanma brigadirimiz jami qatorlarni sanab 14 ga ko‘paytiradi va yana “skidka” tashlab beradi. (g‘ishtni sifatsizi, singani uchun). Aytaylik bir kunda 3590 qator g‘isht quyishdi. 3590 ni 14 ga ko‘paytirganimizda 50260 dona g‘isht bo‘ladi. Hisobotda esa 50 000 dona deb o‘z xoxishi bilan yozadi va biz shu 50 000 donaga pul beramiz. G‘isht zavodlarining barchasida ana shunday tahminiy sanash yo‘lga qo‘yilgan Vaalohu a’lam. Bu shar’an joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ishchilarni roziligini olish kerak. Zararni ishchilar zimmasiga yuklamaslik kerak. Bunday qilishda kelajakda albatta yolg‘on aralashishni boshlaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar