O‘zini Allohga tenglashtirish
Assalomu alaykum! Ba’zi bir insonlar internet tarmog‘ida mahfiy (anonimno) bloglar yurg‘azishadi. Bu narsalarni birinchi martta ko‘rayotganim yo‘q. Oldinlari "odnoklassniki" internet tarmog‘ida ko‘rgandim. Bir Shahrisabzlik kishi ismi esimda yo‘q. Chunki bu ancha yillar oldin edi. O‘zini Allohman deb davat qilar edi. Yaqinda yana bir shunga o‘xshash narsaga duch keldim. Telegramda yana bir ahmoq o‘zini Alloh ekanligi va bo‘lmag‘ur gaplarni gapirib kanal ochgan ekan. Bunday narsalarni ko‘rsam g‘azabim qo‘zg‘aydi. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lgan narsam shuki bu odamlarga ohiratda qanday jazo qo‘llaniladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qiyomat kuni bo‘lganida o‘zining go‘zal ovozi bilan Qur’on o‘qib nashidalar aytib, faxsh va buzuqlikka chaqiruvchi qo‘shiqlarni o‘rnini bosa olmaganlar ovozlaridan so‘raladilar. Iqtisodni eplay olmay insonlarni faqirlikka solib qo‘ygan iqtisodchilar etkazgan zararlaridan so‘raladilar. O‘qituvchilikka qobilyati bo‘laturib noqobil insonlarga farzandlarimizni topshirib qo‘yganlar noshudliklaridan so‘raladilar. O‘z milliy ma’naviyatimiz, hikmatga boy she’rlarimiz bo‘laturib uni targ‘ibot qilolmay buzuq ma’naviyatga o‘rin bo‘shatib bergan adabiyotchi shoirlar iste’dodlaridan so‘raladilar. Siz aytgan inson ham o‘sha ayblarimizning bir natijasi. O‘zini Alloh deganlardan biri fir’avn edi. Alloh taolo uni Qur’oni karimda “Naaziyat” surasida فَحَشَرَ فَنَادَى 23. Keyin (odamlarni) to‘pladi va nido qildi.
Fir’avn Muso alayhissalomning oldilaridan burilib ketganidan ke¬yin borib, o‘z hukmi ostida yashayotgan odamlarni bir joyga to‘pladi. فَقَالَ أَنَا رَبُّكُمُ الْأَعْلَى 24. Va: «Men sizlarning eng oliy Robbingizman», – dedi.
Ya’ni Robblik da’vosini qildi. Qilganda ham, eng oliy Robblik da’vosini qildi. Chunki Muso alayhissalom Fir’avnni ham, boshqalarni ham Robbul olamiynga ibodat qilishga da’vat qilgan edilar. Fir’avn o‘zining bu tasarrufi ila «Muso da’vat qilayotgan Robb emas, men eng oliy Robbman», demoqchi bo‘ldi. فَأَخَذَهُ اللَّهُ نَكَالَ الْآخِرَةِ وَالْأُولَى 25. Bas, Alloh uni avvalgi va oxirgi(gunoh)lari uchun bezdiruvchi iqobga oldi.
U bo‘lsa, aqlini yo‘qotib, «Men sizlarning eng oliy Robbingizman», – deb yuribdi. إِنَّ فِي ذَلِكَ لَعِبْرَةً لِّمَن يَخْشَى 26. Albatta, bunda qo‘rqadiganlar uchun ibrat bordir.
Allohga isyon qilganlarning, payg‘ambarlarga ergashmaganlarning oqibati doimo shunday bo‘lib kelgan. Alloh taolo bularga o‘xshashdan O‘zi asrasin! Vallohu a’lam!
2 May 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar