MUNOFIQLIK EMASMI?
Assalamu Alaykum Shayx xazratlari!Allox Taolodan Sizni va bizlarni ikki dunyo saodatiga etkazishini tilab quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchiman.Tanish bilishlarimiz orasida o‘z shaxsiy muammolarini xal etishni iltimos qilib murojaatlar bo‘lib turadi. Murojaatlar noqonuniy bo‘lsa ham yoxud ular noxaq bo‘lsalar xam o‘zlarini boshiga tushgan tashvishlaridan qutultirib yuborishga yordam berishni so‘rab qolishadi. Ularga "siz noxaqsiz bu kabi ishlarga aralashmayman yoki qo‘limdan kelmaydi", desangiz ishonishmaydi yoki xafa bo‘lishadi, natijada o‘rtadagi yaqin aloqalarga putur etishi mumkin.Savolim quyidagicha:--Ushbu vaziyatga o‘xshagan xolatlar bo‘lib qolsa "Sizni yumushingiz bilan shug‘ullanib ko‘rdim, ammo foydasi bo‘lmas ekan, iloji yo‘q ekan" deb yolg‘on gapirsa bo‘ladimi?, bu munofiqlik emasmi? Yoki qanday yo‘l tutganim afzal?Javobingiz uchun oldindan katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Borini aytish kerak.
2 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Borini aytish kerak.
2 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya