oltin mahsulotni hasiya savdosi
Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram ustoz! .Bu savolni berishdan maqsad men ham zargarlik kasbi bilan shug‘ullanaman.Mendan ham oltin mahsulotini oluvchi do‘kondorlar molni nasiyaga so‘raydilar.Men ba‘zilari bilan ko‘p yillardan buyon ishlayman.Sizning ushbu saitda (Naqdga ishlaydiganini topish kerak. Bo‘lmasa, uni vakil etib ta’yinlash lozim.) degan javobingiz oltin tayyor mahsulotini zargarlik do‘koniga nasiyaga berishlik haqida ketmoqda.Mendagi tushunmovchilik shundaki, vakil etib tayinlash lozim deganda vakil o‘zimizni yaqin kishimiz deganimi yoki bir savdogarni o‘zimizga doimiy hamkor qilib olish deganimi? Meni kasbim shu bo‘lgani uchun sizdan bu haqda aniq yo‘lni bilmoqchi edim. Tashakkur va e‘htirom ila, O‘sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning nomingizdan savdo olib borishga vakil bo‘ladi. Unga siz o‘zingizning o‘rningizga savdo qilish vakolatini berasiz.
2 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 138 | Islam