Bankdagi pullarni qaytarib olish

Assalomu alaykum! Inson bankdan foizga qo‘ygan pulini muddatidan oldin qaytarib olmoqchi. Shunda bank pulni qaytarib berishdan oldin mijoz shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun, o‘sha paytgacha qancha foiz berilgan bo‘lsa, hammasini hisoblab asl hisobdan (1-kuni bankka qo‘ymoqchi bo‘lgan pul miqdoridan) ayirib, kamaytirib berish shartini qo‘yadi. Mijoz bunga ham rozi. savolim: Bunda o‘sha paytgacha foiz hisobidan olgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalarning hukmi nima bo‘ladi ? Ӯzi (bir voqeadan keyin) qiyinchilik bilan pulni qaytarib olishga ko‘ndilar. Agar" qolgan narsalarni ham tarqatib yuborish kerak" desam, yana xafagarchilik, eski gaplar qo‘zg‘alishi mumkin. Shundoq ham uyimizdan baraka ko‘tarilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zlari tushunib nima qilish kerak deb so‘rab qolgunlaricha chiroyli muomala qiling. Axloq va go‘zal odobingiz bilan ularga munosabat qiling. Qachondir so‘ramasalar, imkon topganingiza o‘zingizni mablag‘ingizdan o‘shancha miqdordagisini sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar