Oldindan katta raxmat

Assalomu Aleykum Hurmatli Shayx janoblari avvalambor sizni Ramazon oyi bilan tabriklayman.Xar joim sog‘ va salomat bo‘lib yuring. Sizga maktub yollashimdan maqsad meni bir savol qiynaydi iltimos savolimni javobsiz qoldirmang.Oldindan katta raxmat.Hurmatli Shayx janoblari Men 2008-yil avgust oyida qattiq betob bo‘lib qoldim yani buyraklarimni(Pochka) qattiq shamollatib qo‘ydim.Kasalxona davolanib chiqanimdan so‘ng doktorlar menga gormon (prednizalon) dorisini ichib yurishimni aytishdi.Men u dorilarni o‘z vaqti qakti bilan ichishni boshladim. Soat 7.oo da 4 ta tablet keyin 9.oo da 4 ta va 11-oo 2 ta tabletka ni xar kuni ichib yurishimni aytishdi.Shundan so‘ng men bu sxema bo‘yicha ushbu dorilarni ichishni boshladim va bir necha oy tinmay dorilarni ichdim va shu yili 1 kun xam ro‘za tutolmay qoldim. Mana 4-yil keldiki men xaliyam shu dorilarni ichishda davom etyapman bu dorilardan boshqa dorilar naf bermas ekan.Orada ozgina kamaytirishlar bo‘lib xozir 8 ta tabletkadan ichyapman lekin vaqti vaqti bilan ichilmasa oqibati yomon bo‘lishini doktorlar qayta qayta takrorlashadi. 4-yildirki Ro‘za oyida ro‘za tutolmayman avvallari sog‘ paytimda qoldirmasdan tutar edim. Endi esa Allohdan sabr so‘rao‘dan boshg‘a ilojim yo‘q. Menga maslaxat bering qanday yo‘l tutushim kerak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- ‎Hozir tabiblar, ro‘za tutsa dardi kuchayib ketishi ‎yoki tuzalishi ortga surilishi haqida xabar bersalar, ‎ro‘zani keyinga surib, tuzalgandan qazosi tutiladi. Agar ‎bemorlik tuzalmaydigan bo‘lsa, fidya beriladi.‎

3 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 172 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar