Bijuteriya sotish
Assalomu alaykum! Ayollarga bijuteriya taqinchoqlarini taqish bizning mazhabda makruhi tahrimiy ekanini ushbu saytdan o‘rgandim. Savolim, bizning diyorlarda ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabi ulamolari shularni taqib yurishni makruh deyishgan. Boshqalarda joizligi bor.
Erkaklar uchun taqinchoqlardan faqatgina uzuk joiz. U ham bo‘lsa kumush bo‘lishi sharti bilan. Boshqa, metal yoki plastik yoki mato yoki teri kabi narsalardan yasalgan taqinchoqlar halol emas.
“Javhara” kitobida : “Temir, mis, qo‘rg‘oshindan uzuk taqish erkak va ayollar uchun makruh(tahrimiy)” deyilgan.
“Fatavoi Hindiya” kitobida : “Ayollar ziynat uchun sochlariga temir, mis, qo‘rg‘oshin kabilardan yasalgan taqinchoqlarni taqishi joiz. Ulardan yasalgan bilakuzukni taqish ham joiz” deyilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat