Allohning go‘zal ismlaridagi Oxir ismi haqida

Assalom alaykum! Aziz ustozlar, Allohning go‘zal ismlari 99 ta bo‘lib, ulardan "Oxir"-U hamma narsa yo‘q bo‘lib ketganda ham O‘zi qoladi, deb tafsir berilganini ko‘rdim. Lekin jannat va jahannam abadiy deyiladiku. Endi bundan qanday xulosa chiqaramiz. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ikkisining o‘rtasini qiyos qilmang. Allohning “Oxir”ligi O‘zining zoti tufayli. Jannat va jahannamniki Alloh shunday qilganligidan. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 159 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar