Oltin va kumush idishlar
Assalomu alaykum! Oltin va kumush idishlarda eb-ichishdan qaytarilgan hadislarni o‘qiganman. Hozirgi kunda eb, ichish uchun yasalgan idish, anjomlarning turi ko‘payib ketdi. Sifatli shisha va chinnidan yasalgan ba’zi idishlarda haqiqiy oltinni suvi yuritilgan xoshiyasi bor. Ba’zilarida idishni butun badaniga haqiqiy oltinni yoki kumushni suvidan naqsh solingan. Shunaqa idishlarning, yani o‘zi chinnidan yoki shishadan yasalgan bo‘lib, ustida tilla yoki kumushdan naqshi bor idishlarda eb-ichsa bo‘ladimi? Odatdagi zanglamaydigan po‘latdan yasalgan osh qoshiq yoki choy qoshiqlarni olib, bosh qismiga tilla suvini yuritib, yani oddiy qoshiqqa zeb berib, sotib tijorat qilish mumkinmi? Shu qoshiqlarda musulmon odam ovqat esa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan katta rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fuqaholarimiz : “Sof tillo va kumush qoshiqlarda taomlanish harom” deb aytganlar. Mumavvah (tilla suvi yuritilgan bo‘lib, ajratib olishni imkoni yo‘q) bo‘lsa joiz deyilgan.وأما الأواني المموهة بماء الذهب والفضة الذي لا يخلص منه شيء فلا بأس بالانتفاع بــها في الأكـل والشــرب وغــير ذلـك بالإجماع…لأن التمويه ليس بشيء ألا يرى أنه لا يخلص بدائع الصنائع Eritgani bilan tillo-kumushi ajramaydigan darajada tillo yoki kumush suvi yuritilgan idishlarda eb-ichish va boshqa ishlarda foydalanish bilijmo’ joizdir. Chunki tamvih(idishlarga tillo yoki kumush suvini yuritish) e’tiborli narsa emas. Ko‘rmaysizmi, u tillo-kumushlarni qayta idishdan ajratib olib bo‘lmaydi. (“Badoe’ sano’iy” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom