yangi yil
Hazrat, biz yangi yil bayramini nishonlar ekanmiz, bizning dilimizdan hech qanday o‘zga dinlarning xudosini qutlash degan tuyg‘u bo‘lmaydi. Biz faqatgina "yangi yil boshlanishi" deb bayram qilamiz. Chunki bu milodiy sana bilan davlat ishlari, kundalik rejalarimiz yuritilinadi. Menimcha ko‘pchilik taqvodorlar ham "falonchi hijriy yilning falonchi sanasida doktor qabuliga yozildim" deb kundalik rejalarini tuzishmasa kerak. Yangi yilni bayram qilish gunoh bo‘lsa melodiy kalendarni qabul qilish ham gunoh bo‘ladimi? Bu savolni siz bilan tortishish maqsadida bermayapman, faqat aniqlik kiritmoqchiman. Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hamma payt niyatga bog‘liq bo‘ladi. Ammo Islomiy niyatni qilib, kofirning amalini qilib bo‘lmaydi. Niyatni ham, amalni ham shariatga mos qilish kerak bo‘ladi.
20 Aprel 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar