Hadis sharxini so‘rash
BISMILLAHIR RAHMONIR ROHIYM Alloh taologa hamdu sanolar, Payg‘ambar alayhissalomga durudu salovotlar bo‘lsin! Faziylatli Shayx janoblari, Assalomu alaykum. "Odoblar Xaziynasi" kitobining 4-juz, 322-bet, 1244-hadisda: "Ibrohim alayhissalom sakson yildan keyin Qadum degan joyda o‘zlarini o‘zlari xatna qildilar", deyilgan. Shu kitobning 331-bet, 1250-xadisda: "Ibrohim alayhissalom bir yuz yigirma yoshga kirganlarida o‘zlarini xatna qilganlar. Shundan keyin yana sakson yil yashaganlar", deyilgan. Hazrat, bizdagi ilm kamligi sababli mazkur ikki hadisi sharif o‘rtasidagi bog‘liklikni tushuna olmay turibmiz. Dastlabki xadisdagi "sakson yildan keyin", jumlasi bilan ikkinchi xadisdagi "bir yuz yigirma yoshga kirganlarida" deyilgan iboralar o‘rtasida qanday bog‘liklik borligini bilmoqchi edik. Hurmat va ehtirom ila Abdurrahmon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa rivoyatda sakson yoshlarida o‘zlarini xatna qildirganlari haqida aytilgan. Ushbu rivoyatlarni tahlil qilgan ulamolar, Ibrohim alayhissalom, ikki yuz yil umr ko‘rganlar. Sakson yil xatnasiz, bir yuz yigirma yil xatnalik, degan xulosaga kelganlar.
6 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 141 | Hadislar