Ediqod masalasi

Assalomu alaykum Hazrat. Sizga yana savol bilan murojaat qilmoqchi edimSavolim. Turmush o‘rtog‘imni opa va akalari benamoz evropacha hayot kechirishadi, turmush o‘rtog‘im va man oilammiz bilan namoz o‘qiymiz, turmush o‘rtog‘im opa va akalariga va qarindoshlariga namoz o‘qishlarini bu farz yani majburiy ibodatligini buni bizga borliqni yaratgan Olloh buyurganini aytib ular ham namozni kunda 5vaqt o‘qishlari kerakligini muloyimlik bilan bir necha bor aytsalar ularga bu gaplari yoqmadi va o‘zlarini bizni oilammizdan olib qochadigan bo‘lishdi. Shundan keyin turmush o‘rtog‘im ularga bu haqida boshqa aytmaydigan bo‘ldilar, yaqinda bir tanishim manga siz ularga aynishingiz kerak siz ular bilan hech narsa bo‘lmagandek yashasangiz ulardek etiqotda bo‘lib qolasiz dedi, gapiga hazrat Umarning gaplarini misol qildi: Umar roziyallohu anhu aytgan ekanlar"Etiqod qilganingdek yashamasang, yashaganingdek etiqodda bo‘lasan" Hazrat turmush o‘rtog‘imni qarindoshlari va opa-akalari mani gapimni umuman olishmaydi, aytingchi man ularga din haqida aytmasdan ularni hizmatini qilsam ularni etiqotidakka bo‘lib qoladimi maniyam etiqodim?. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat. Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizni Alloh bardavom qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Unday bo‘lmaydi. Lekin sizlar imkonini topib ularga tushuntirishga harakat qilkaveringlar. Ular gapiga kiradigan odamlarni ishga solinglar. Kitob va ovoz yozuvlarini sovg‘a qilinglar va hokazo.

3 May 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar