Fatvo va Nasroniylar bilan dialog masalasi
Assalamu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh muhtaram shayh janoblari men sizga 2 ta savol bilan murojaat qilmoqchi edim 1. Men yaqinda Darussalom nashriyotida nashrdan chiqqan 8 tomlik fatvolar kitobini o‘qib qoldim ( mualliflari Shaykh ‘Abdul-‘Aziz bin ‘Abdullah bin Baz, Shaykh Muhammad bin Salih Al-‘Uthaimin & Shaykh ‘Abdullah bin ‘Abdur-Rahman Al-Jibreen ) ushbu kitobda bitta birodarimizning fotostudiyalar ochib surat tushirish orqali pul topsa joizmi degan savoliga yo‘q joiz emas boshqa kasb qiling deb fatvo berilgan yoki shuningdek tug‘ilgan kunni nishonlash bid‘at bo‘lib umuman tug‘ilgan kun , yangi yil, navro‘z kabi bayramlarni nishonlash musulmon odamga mutlaqo mumkin emas , bu narsa boshqa din vakillariga taqlid deb ham fatvo berilgan men ushbu fatvolarni ba‘zi bir musulmon birodarlarimizga aytsam ular sen o‘zingning mazhab imomlaringa ergashaver ammo bizning mazhab imomlari unaqa fatvo bermagan deganday gap aytishdi mening sizga savolim shuki hozirda fatvo chiqarilganda barcha ahli sunna val jamoa mazhab imomlari birga o‘tirib,kengash qilib fatvo chiqariladimi yoki har bir mazhab imomi o‘zi yakka holda fatvo chiqarsa ham bo‘laveradimi ? agar o‘sha sen o‘zingning mazhab imomlaringa ergashaver degan birodarlarimiz haq bo‘lsa qanday qilib bitta musulmonga halol bo‘lgan narsa ikkinchi musulmonga harom bo‘lishi mumkin ? iltimos mana shu masalani iloji boricha batafsilroq yoritib bersangiz 2. Sir emaski hozirda g‘arbda ba‘zi bir musulmon olamida katta obro‘ga ega bo‘lgan insonlar nasroniylar bilan dialog (muloqot) sababi bilan goh u cherkovda bosh ruhoniy bilan, goh vatikanda papa bilan suhbatlar olib borishyapdi mening bu mavzuda sizga savolim shuki musulmonlar uchun nasroniylar bilan diniy-aqidaviy masalalarda muloqot ( Ahmad Didat Rahmatillohi alayhga o‘hshab bahs-munozara emas )olib borish joizmi yoki farzmi ? bu narsaning nima keragi bor ? agarda biron bir shariatimiz ruhsat bergan savobli,ezgu maqsadlarda hamkorlik qilish masalasi bo‘lgandayam tushunarli bo‘lar edi ahir Olloh Taolo ahli kitoblarning taqdirini ,hukmini va qilmishlarini Qur‘onda ochiq oydin bayon qilganqu qolaversa har kuni FotihaSur‘asini 6-7 oytlarini o‘qib yaratgan Robbimizga ibodat qilamiz ,shu 6-7 oyatlar bizga etarli emasmi , endi o‘sha insonlar ahli-kitob vakillari nasroniylar bilan diniy-fiqhiy muloqot (dialog) qilib nimaga ham erisha olishardi ? sizga bu savolni berishimga sabablardan biri 2 ta o‘z ko‘zim bilan ko‘rgan holat bo‘ldi 1.) men o‘shanaqa "dialogchi" insonlarning islom va nasroniylik o‘rtasida do‘stlik o‘rnatish uchun muslima ayolni nasroniy erkakka nikohlashganini o‘z ko‘zim bilan internetda ko‘rdim va men bilaman bu narsa mutlaqo mumkin emas 2.) qolaversa turklar dunyosida bitta juda mashhur bir odam ‘La Ilaha Illalloh" ni aytib " Muhammadur Rasullulloh"ni aytish shart emas , uni aytmagan odamga rahm qilish kerak va eng ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan narsa o‘sha odam va uning atrofidagi "dialogchi" kimsalar hozirgi zamondagi nasroniylar va yahudiylarning ba‘zilari jannatga kiradi islomdagi ba‘zi hukmlar qattiqqo‘l bo‘lganiga sabab o‘sha Payg‘ambarimiz (s.a.v) zamonlarida vaziyat o‘gir va keskin bo‘lgani uchundir o‘sha qattiqqo‘l hukmlar faqat o‘sha davrlar uchungina edi deb bayonot berishgan iltimos yuqoridagi savol va mana shu masalalarga oydinlik kiritib bersangiz Javobingiz uchun sizga oldindan minnatdorchilik bildiraman , sog‘lik-salomatlik,Ollohning rahmatini tilab qolaman Muhlisingiz, Abdulvohid
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Hozirgi paytda Ahli Sunna val jamoa ulamolari bir erda jamlanib fatvo chiqarishi yo‘q. To‘rt fiqhiy mazhablar ulamolari bir erdan fatvo chiqarishlari ham yo‘q. Kim ko‘ringan fatvo chiqaradigan bo‘lib ketgan. Har telekanal, radio, gazet va jurnalning ham o‘z muftiysi bor. Shuning uchun, fatvolar turli bo‘lib ketgan. Siz fatvolarini o‘qigan odamlarning yurtida ham shunday. Yaqinda ularning podshohi faqatgina “Katta Ulamolar hay’ati”ga a’zo yigirma kishidan boshqalarga fatvo chiqarishga ruxsat yo‘qligi haqida farmon chiqardi. Siz ham o‘z mazhabingizdagi, iymoni, e’tiqodi va ilmiga ishonch mustahkam bo‘lgan olimlarning kitobini o‘qishgan, ulardan fatvo so‘rashga odatlansangiz yaxshi bo‘ladi.2. Siz aytgan muloqot – dialoglar aqiyda, shariat va boshqa diniy masalalarda emas. Bunga hech kim harakat qilgani yo‘q. Qilmaydi ham. Bo‘layotgan narsa umuminsoniy manfaatlar yo‘lida hamkorlik qilish va bir-birlari bilan o‘zaro tushinish ila bag‘rikenglikni targ‘ib qilish, xolos.3. Muslima ayol musulmonmas erga tegishi mutlaqo mumkin emas. Kim bu ishni qilsa, katta gunoh va xato qilgan bo‘ladi. Buni ba’zi johillar qilgan bo‘lishi mumkin, xolos.4. Siz aytgan “turk dunyosidagi mashhur odam” kim bo‘lishidan qat’iy nazar uning aytgan gaplari rost bo‘lsa, safsatadan boshqa narsa emas! Bundaylardan ogoh bo‘lish lozim.
27 May 2022, 05:18 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar