"Zuho"

Alloh qilayotgan ishingazga O‘zi madad bersin Amin. Hurmatli ustoz men bir ktobda "Zuho" surasiga ma‘no yozib turib shunday deyilgan "-Bu suraning nozil bo‘lish sababi Muhammad :saw payg‘ambarlik vahiysi kelib,birinchi oyatlar nozil bo‘lgandan keyin, Makka mushriklari bu voqeani Muhammadga jin tegibdi, deb qbul qildilar. So‘ng ancha vaqt vahiy kelmay qoldi. Shunda ba‘zi mushriklar "Ana uni shayton tashlab ketdi.Shuning uchun g‘oyib narsalardan gapirmay qoldi " desa, boshqalar: "Alloh uni payg‘ambar qilmoqchi bo‘lib, sinab ko‘rdi. U yo‘qmay qoldi. Shuning uchun uni o‘z Parvardigori tark edi"degan gaplarni tarqata boshladilar. Payg‘ambar alyhissalom vahiyni kechikkani va ta‘na gaplardan dillari to‘lib turganda shu "Zuho" surasi nozil bo‘gan. Janob xursandliklaridan surani o‘qib, oxirida "Alloh akbar" deb takbir aytib yuborganlar. Shuning uchun mana shu surani o‘qiganda, uning oxirida takbir aytish joriy bo‘lgan. Hurmatli ustoz agar surani namozda o‘qisak qiroatga qo‘shib yani rukuga borishdan avval 2 marta takbir aytish kerak-mi? va bu surani o‘zimiz namozdan tashqarida o‘qigandayam oxirida takbir aytiladimi?Javobingiz uchu tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozda o‘qilgandan faqat ruku’ning takbiri aytiladi, xolos.

3 May 2022, 03:35 | Savol-javoblar | 142 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar