Yolgon kelishuv
Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, men tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Bir o‘rtog‘im menga bir ish taklif qildi. Uning gapiga ko‘ra bu ishdan tushadigan foyda uch million bo‘lib, uni teng yarmi senga dedi. Men rozi bo‘ldim, ikki uch yil vaqt o‘tib, o‘rtog‘im aldaganini eshitib qoldim. O‘zidan so‘raganimda menga yolg‘on gapirgani va o‘sha foyda 25 million bo‘lganini aytdi. Haqqimni so‘rab borganimda, birovda uni haqqi borligini va o‘shani olsa berishini aytdi. Agar men uni shartiga ko‘nmay, o‘zimni talabimni qo‘ysam unga zulm qilib qo‘ymaymanmi?
2). Agar men uni yolg‘on kelishuvini asos qilib pulni yarmini emas butunicha berishini talab qilsam, uni haqqini eb qo‘ymaymanmi? Chunki meni moliyaviy xolatim unikidan ancha og‘ir, uni sharoiti yaxshi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishining sharoiti yaxshi bo‘lsa ham siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan haqni olishingiz joiz. Ortig‘i harom. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat