Imtihonda javobni do‘stim aytib bergandi
Assalomu alaykum! Habaringiz bor yaqin orada DTM imtihonlari bo‘ladi institutlarga kirishga. Bu yil DTM imtihonidan oldin alohida fanlardan imtihon topshirildi masalan dtm da kimyodan imtihon topshirish kerak bo‘lsa buni 2-3 oy oldinroq topshirib olib, qancha ball olsa, shuncha ball beradigon milliy sertifikatga ega bo‘lindi. Men ham sertifikatga imtihon topshirdim o‘z kuchim bilan lekin savollardan biriga javobni yonimda imtihon topshirayotgan do‘stim aytib berdi va shu o‘z kuchim bilan echmagan savolim menga 2 ball atrofida berdi. Keyinchalik o‘ylab qoldim, shu 2 ballni deb men, kam ehtimol bo‘lsa ham, kimningdir o‘rnini olib qo‘yishim yoki kontrakt o‘qishiga sababchi bo‘lib qolishim mumkinku. Mana endi tez kunda qolgan fanlardan imtihon topshiraman. Nima qilay, kelayotgan imtihonda bironta bilgan savolimni belgilamay chiqaymi yoki boshqa iloji bormi? Menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating iltimos, kelajakda vijdonim qiynalmasligi uchun menga bir yo‘l ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz eng muhimi xatoyingizni tushunibsiz. Endi tavba qilib, Allohga istig‘for aytib, bu ishni qayta qilmaslikka azmu qaror qiling. Qolgan imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib, halol sohaning mutaxassisi bo‘lishga harakat qiling. Kelajakda solih amallarni ko‘p qilib, bu gunohingizga kafforot bo‘lishiga urining. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom