Gunohlarni eslab ikkilanish
Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiy boshlaganimga salkam 2 yil bo‘ldi. Biroq faqat Bomdodni o‘qir edim. 5 vaqt boshlaganimga 1 xaftadan oshdi. Afsus buni kech tushinib etdim. Xudo xoxlasa endi namozlarini qazosini o‘qimoqchiman. Shu paytgacha biror martta ro‘za xam tutmaganman. Xudo xoxlasa ularni xam qazosini tutmoqchiman. Yaqinda gunoxlarim xaqida o‘ylab qoldim. Oldin ko‘p g‘iybat qilgan ekanman. Buni shu insonlardan uzr so‘rab kamaytiryapman. Yolg‘on xam gaprganman. Ming afsus til zinosi xam qilganman. Bunga tovba qilganman. Ayrim namozlarimni xushu bilan o‘qimaganman. Ular qabul bo‘ldimikan yoki Alloh bu gunoxlarimni ro‘zaning oxirida kechirib yuborarmikan? Bazan jamoa bo‘lib Allohni zikr qilganda, qadr kechasida Alloh taolo gunoxlarni kechirishini o‘ylab engil tortaman. Ammo gunoxlarimni o‘ylasam ikkilanaman. Yaqinda yana bir xis paydo bo‘ldi. Alloh shuncha gunoxim bo‘lib meni qanday sevsin deb o‘ylab qoldim. Bu vasvasa ekanini bilaman, lekin bundan qanday qutilishni bilmayman. Kecha esa bir xadis eshtib qolgandim. Uni eshtgandan so‘ng savob amallarim ko‘zimga umuman ko‘rinmay qoldi. Yoki men xadisni tushunmaganmanmi. Iltimos sharxlab bersangiz. Ibn Moja va boshqalar Savvon roziAllohu anxudan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar Alayxissalom aytdilar:" Men ummatlarim ichida bir toifani bilaman, ular qiyomatda Taxoma tog‘idan oppoq ulkan xasanotlar olib kelishadi. Lekin Alloh taolo ularni to‘zg‘itilgan chang to‘zonga aylantirib yuboradi" -"Yo Rasululloh ularni bizga vasf eting. Toki o‘zimiz bilmagan xolda ulardan bo‘lib qolmaylik"- dedi Savvon roziyallohu anxu Payg‘ambarimiz jivob berdilar: "ular o‘z birodarlaringiz, shakli shamoili sizlardek, tungi namozdan siz kabi ularning xam nasibasi bor. Lekin ular xilvatda qolganda Alloh xarom qilgan xududlarni buzib o‘tadilar. Ular xilvatda qolganda xarom ish qiladilar. Alloh ularni tuzgitilgan chang to‘zonga aylantirib yuboradi. Men buni eshtgandan so‘ng qattiq tushkunlikka tushib qoldim. Chunki oldin shunday ish qilganman. Nimani maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tobe’inlardan Zozon degan bir kishi siz kabi yoshlik paytida o‘sha davrni musiqa asbobi hisoblangan cho‘plarni bir biriga urishtirib qo‘shiq aytar, nojoiz va noshar’iy ishlarga bulg‘angan edi. “Siyaru a’lamunnubalaa” kitobida u kishi haqlarida zikr qilingan. Bir kuni Zozon qo‘shiq aytib turganida oldilaridan Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu o‘tib qoldilar va uni ovozini eshitib “Qani endi shu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa edi” dedilar. Alloh taolo bu so‘zni Zozonning qulog‘iga etkazdi. Zozon o‘sha zahoti qo‘shiq aytishni to‘xtatib, “Bu kim” deb so‘radi. Yonidagilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suyukli sahobasi Abdulloh ibn Mas’ud deb javob berishdi. Zozon o‘sha zahoti qo‘lidagi asbobni sindirib yugurib borib oyoqlariga mahkam yopishib “Meni bu botqoqlikdan olib chiqing, menga tavbani o‘rgating” deb yig‘lab turib oldi. Uni ko‘rib Abdulloh ibn Mas’ud ham ho‘ngrab yig‘lab yubordilar. Yonida turganlar “Bu yigitchani yig‘laganini tushundik, siz nimaga yig‘layapsiz” deyishgan edi, “Tavba qiluvchi Allohning habibidir. Allohning suyukli kishisi yig‘laganda nega men yig‘lamay” dedilar. Zaif sanad bilan “Alloh taolo tavba qiluvchi yigitni juda juda yaxshi ko‘radi” degan hadis bor. Abdulloh ibn Mas’ud shuni iroda qilgan bo‘lsalar kerak. O‘sha tavba qilgan Zozon keyinchalik Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning etuk shogirdlaridan bo‘ldi, umrining oxirigacha minglab shogirdlar chiqardi. Bizgacha etib kelayotgan ilm silsilasining oltin zanjirning bir bo‘lagi bo‘ldilar. Alloh ulardan rozi bo‘lsin. Ushbu voqe’adan shuni tushinamizki, gap gunoh qilishda emas, qaysi gunohni qilishda ham emas, balki o‘sha gunohdan tavaba qilishdadir. Alloh taolo ba’zi bir bandalarini hammani ichidan O‘ziga tortib sug‘irib oladi. Buni jazb qilish deyiladi. Buni iroda qilganda yuqoridagi voqe’adagi Abdulloh ibn Mas’udning so‘zlarini Zozonning qulog‘iga etkazib qo‘ygandek Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini yana kimlarnidir qalbiga solib qo‘yadi. Buni g‘animat bilish kerak. Bunday holatda birgina ish, astoydil tavba qilib, Allohning habibiga aylanish kerak. Siz tushgan holat tushkunlik holati emas, Alloh sizni insonlar ichidan jazb qilganligining alomatidir. Kim shu holatga tushgan bo‘lsa ham muborak bo‘lsin, qadrlasin. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 131 | Ruhiy tarbiya