Namozim to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Avvalo namozni bunchalik kechiktirganim uchun afsusdaman, tahorat olib peshin namozini o‘qimoqchi bo‘lganimda, Muslim taqvimiga ko‘ra, asr vaqti kirishiga 7 minut qolgan edi, 4 rakat sunnatini o‘qidim, 3 minut qolgan ekan, ulgurishimga ko‘zim etmay 4 rakat farz va2 rakat sunnatini qazosiga niyat qilib o‘qidim, namozim durustmi yoki qayta o‘qishim kerakmi, vaqtingizni olganim uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday vaqtda farzdan boshlash kerak. Qazo desangiz ham ado desangiz ham namoz durust bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar