Namozda yanglishsa qima qilish kerak?

Assalomu alaykum! Namoz vaqti bitta xatoim ko‘p takrorlanadi. To‘rt rakatlik namozning ikkinchi rakatida o‘tirib faqat attaxiyot aytiladigan joyida men salovat va duolarniyam aytib bazida salom xam berib qo‘yyapman. Shu xatoni sajdai saxv to‘g‘rilaydimi? Yoki boshqatdan niyat qilib o‘qish kerakmi? Agar shunday bo‘lsa azon va iqomat xam boshqatdan aytiladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom berib, salomdan boshqa gaplarni gapirmagan bo‘lsa turib qolganini o‘qib oxirida sajdai sahv qilib qo‘ysa namoz ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 199 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar