FIKXIY KITOBLARDAGI ZARUR FIKXIY MASALALAR

Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni havola qilaman.1. «Ibodati Islomiya» kitobida namozdan keyin ukiladigan, kupchilik axli ilmlar ukishni odat kilgan duoning matni berilgan. U kuyidagicha: «Alloxumma takobbal minna solatana va kiyamana va kiroatana va ruku’ana va sujudana va ku’udana va tasbixana va taxlilana va taxashshu’ana va tazarru’ana. Alloxumma tammim taksirona va takobbal tamamana, vastajib dua’ana, vagfir yaxyana, varxam mavtana ya mavlana. Alloxumma takobbal minna xazixis solatal farzi ma’a sunnati ma’a jami’i nuksonatixa va la tazrib-bixa vujuxana. Ya ilaxal a’lamiyn va ya xoyron-nasiriyn. Tavaffana muslimiyna valxikna bis-solixiyn.»Bilishimcha ushbu duo matni kuplik shaklida yozilgan, ya’ni «Iloxo, bizlarni namozimizni, kiyomimizni, kiroatimizni….. kabul et!». Agar namozxon mazkur duoni fakat uziga xoslab, ya’ni «Mening ukigan namozimni, kiyomimni, kiroatimni kabul et!» tarzida ukiydigan bulsa, arabcha lafzlarda kanday ukiydi. Ustoz sizdan iltimosim ushbu duoni yakka namozxon kandan lafzlarda ukishi kerakligini xamda duoni ma’nolarini tulik yozib bersangiz.2. To‘qqizta vaqt borki, o‘sha paytlarda qazo namozi, janoza, tilovat sajdasi joiz, lekin nafl namoz o‘qish joiz emas: Bomdod namozining — farzidan oldin (sunnati bundan mustasno), farzdan keyin to Quyosh chiqqunga qadar, asr namozidan keyin shomgacha, shom namozidan oldin, jum’a namozining (arabcha) xutbasi paytida, ikki hayit namozining (arabcha) xutbasi paytida, Quyosh, Oy tutilganda o‘qiladigan namoz xutbasi o‘qilayotganda. «Qozixon». (Ming bir fatvo kitobi)Mazkur fatvodagi «Bomdod namozining — farzidan oldin (sunnati bundan mustasno)» kismini tushuntirib bersangiz. Kazo namozni subx kirgandan sung bomdodni sunnatidan oldin ukib bulmaydi deganimi bu? Sunnatni ukib bulib, vakt bemalol bulsa farzdan oldin ukiladimi?3. Agar jamoat namozida turgan namozxonda burun konash yoki shunga uxshash xolat yuzaga kelib kolsa, orkasiga ugirilib, chikib ketsa boshka namozxonlarning namozi buziladimi? Misol uchun namozxon juma namozida imomning orkasida oldingi saflarda turibdi. Burni konab ketdi yoki bulmasam taxoratini buzadigan xolat oriz buldi. Mazkur xolatda namozxon nima kiladi? 4. Agar juma namozini ukiyotgan muktadiy jumaning farzini bir rakatini ukib tugatganidan keyin taxorati sinsa, nima kiladi? Taxoratini yangilagach jumani kazo kiladimi yoki peshin ukiydimi? 5. «Xidoya» kitobidagi «Nafl namozlardagi kiroat» bulimida nafl namozning xar rakatida kiroat va zam sura kilinishi xakida yozilib, pastida mazmunan shunday izox yozilgan. Izoxda aytilishicha, turt rakatlik nafllarning juft rakatlari aloxida namoz xisoblanadi, uchinchi rakatga turish guyoki takbiri taxrima bilan namozni boshlash bilan barobar. Saxix rivoyatga kura, uchinchi rakatga turganda «Sano» duosi ukiladi. Ustoz biz bu masalada kanday yul tutishimiz kerak. Turt rakatlik namozlarning uchinchi rakatida «Sano» duosi ukilsa joizmi? Agar joiz bulsa undan keyin «A’uzu» xamda «Basmala» xam ukiladimi? 6. Yukoridagi masalaga uxshash bir fatvoni xam ukigandim. Ta’kidlanmagan sunnatlarni ukishda xam uchinchi rakatga turganda «Sano» ukiladi, deyilgan. Misol uchun asrning 4 rakatlik sunnati kabi.7.Shom namozidan keyin ukiladigan ta’kidlanmagan 6 rakatlik namozni ukishda 2 rakat ta’kidlangan sunnat ukilgach yana 4 rakat ukiladimi yoki bu ta’kidlanmagan 6 rakat aloxida ukilib, jami 8 rakat buladimi? 8.Shomdan keyin ukiladigan nafl namozlar avvobiyn namozi deyiladi. Mazkur namoz xadislarda kelgan 6 rakatlik (bir rivoyatda 20 rakat) ta’kidlanmagan sunnat namozimi yoki boshka aloxida nafl namozmi?10. «Ibodati Islomiya» kitobida avvobiyn namozi bilan birga yana «Xavl» degan nafl namoz xam keltirilgan. Mayyitni janozasidan kuni shomdan keyin ukilib, savobi mayyitga bagishlanar ekan. Mazkur namoz xakida fikxiy kitoblarimizda nimalar deyilgan?11. Farz namozlaridan keyin 3 marta «astagfirullox» va orkasidan «Alloxumma antas-salom» duosi ukiladi. Mazkur istigfor va duoni sunnat namozlarini ukib bulgandan keyin ukisa xam buladimi yoki bu fakat farzlar sungidan ukiladi xolosmi? E’TIBOR VA JAVOBLARINGIZ UChUN TAShAKKUR!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. O‘shanday holida o‘qiyvering. Ko‘pchilik lafzi ila qilingan duoning qabul bo‘lishi oson.2. Tong otgandan so‘ng Bomdodning sunnatidan boshqa nafl namozlarni o‘qish harom. Buning dalili «Fajrdan keyin Bomdodning ikki rak’at sunnatidan boshqa namoz yo‘q» degan hadis. Tabaroniy Ibn Umardan rivoyat qilgan. Ammo o‘sha vaqtda qazo o‘qisa bo‘ladi.3. Misol uchun, namozxonning burni qonab ketdi. Namozxonning ixtiyorisiz namoz ichida tahorati ketib qolishi samoviy betahoratlik deyiladi. Ana o‘shanda, u darhol borib tahorat qiladi va namozini kelgan joyidan davom etdiradi. Shar’iy uzr bo‘lgani uchun boshqa namozxonlarning namozi buzilmaydi. 4. Kim jum’a namozidan bir rak’atni topsa, namozni topgan bo‘ladi. Shuning uchun, mazkur odam jum’ani o‘qiydi.6. Bu fatvolar amal uchun olinmagan.7. Jami 8 rak’at bo‘ladi.8. Hadislarda kelgan namoz.10. Bu namoz haqida katta fiqh va fatvo kitoblarida ma’lumot yo‘q.11. Bo‘ladi.

20 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 196 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar