Shar’iy va qonuniy ajrashish

Assalomu alaykum! Mening kasbim advokat. Xizmat faoliyatim davomida ko‘pchilik ajrashish masalasida murojaat qilishadi. 1). Shar’iy jihatdan ajrashib bo‘lganlarni qonuniy rasmiylashtirilishida ishtirok etishim nechog‘lik joiz yoki nojoiz? 2). Shar’iy ajralish tegishli tartibda rasmiylashtirilmaguncha qonuniy ajralishni keltirib chiqarmaydi, lekin buning aksi bo‘lgan holatda, ya’ni taloq qo‘yilmasayu, biroq qonuniy tartibda ajrashishsa o‘z-o‘zidan shar’iy ajrashish yuzaga keladi. Ushbu xulosam to‘g‘rimi? 3). Er va xotindan biri ajrashishga rozi bo‘lmasayu, men ulardan birining advokati sifatida ajratish ishida haq evaziga sudda ishtirok etishimning hukmi qanday? 4). Ayrim erkak mijozlar shar’iy ajrashishni tushunib etmaganligi sababli, garchi taloq bermagan bo‘lsada ajrashaman deb menga murojaat etishadi. Men ulardan taloq berganimiz deb so‘rasam yo‘q deb javob berishadi. Ajrashishga qattiq ahd qilganligidan, bergan savolimdan keyin taloq berishida men ishtirokchi bo‘lib qolmasmikinman deb o‘ylab qoldim? Zero men ularning hoshish irodasini o‘zgartirish niyatida bo‘lmayman (bunday niyat bo‘lganda ham faqat nikohni saqlab qolishga karatilgan bo‘ladi).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Taloq qo‘yilmasayu, biroq qonuniy tartibda ajrashishsa o‘z-o‘zidan shar’iy ajrashish yuzaga kelishi uchun taloqqa dalolat qiladigan gaplardan birortasi aytilgan bo‘lishi kerak. Masalan er amerikaning fuqoroligini olmoqchi. Buning uchun xotinini taloq qo‘ymasada ZAGSdan ajrashishi kerak. Bu o‘rinda ZAGSdan ajrashishsa ham taloq tushmaydi. Albatta ajrashish vaqtida taloqqa dalolat qiladigan “qayta yashamaysizmi, ajrashasizmi” degan savolga “Ha” degan bo‘lsa taloq tushadi. 3). Bunday vaqtda talog‘ini ham berib qo‘yish kerakligini ham ayting. Holatga qarab haqiqatan ajrashish zarur bo‘lgan o‘rinlar ham bo‘ladi. 4). Siz to‘g‘ri ish qilar ekansiz.  Vallohu a’lam!

3 May 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar