Nohaqdan olingan yordam puli

Assalomu alaykum! Biz Londonda yashaymiz. Bu erda ham karantin. Shu sababli bazi kompaniyalarni ishchilari ishlashmayapti. Karantin sabab ishlamayotgan ishchilarga davlat ularning ish haqlarini 80%ini to‘lab turibdi. Lekin meni turmush o‘rtog‘im ishlayapti. Haftada bir marta qo‘shimcha ishi ham bor. Yarim stavka. O‘zining kichkina kompaniyasi ham bor. O‘sha yarim stavka ish haqqi shu kompaniyasiga tushadi va u kompaniyaga meni ishchi qilib olgan va shu yarim stavkani ish haqqini meni hisobimga to‘laydi. Davlatga kamroq soliq to‘lash uchun. Chunki bu erda qancha ko‘p topsa shuncha soliq to‘lovi ham ko‘payadi. Meni ishlayapti qilib ko‘rsatgani boisi haftada bir marta ishlagani uchun yarim stavka bo‘ladi va bu yarim stavkaga soliq to‘lovi yo‘q. Shu to‘g‘rimi? Keyin ayolim ishlamayapti deb davlat tomonidan to‘lanayotgan 80%ni ham olayapti. Buni menga aytganida unday qilmang deb aytdim. Lekin o‘sha 80%ni olayotganini bilib qoldim. Nima qilsam bo‘ladi? Oramizda janjal chiqishini xohlamayman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohim siz kabi ayollar safini kengaytirsin. Siz kabi ayollar borligi uchun ham ummat qirilib ketmay turibdi. Aks holda halol-haromni farqiga bormaydigan onalardan tug‘iladigan farzandlar allaqachon dinini tark qilib bo‘lgan bo‘lardilar. Sizni shu kabi birovning haqqidan qo‘rqish degan e’tiqodingiz bor ekan siz kabi onalarni emib katta bo‘lgan farzandlar in shaa Alloh dinini sotmaydilar, oxiratini arzimas narsa uchun sotmaydilar. Hech yo‘lini topalmasangiz oilangizga o‘sha mablag‘ni aralashtirmaslikka harakat qiling. Chunki haromdan kelgan narsa haromdan boshqaga yaramaydi. Ortidan faqat gunohni qoldirib ketadi. Ungacha inson kirganini foyda deb o‘ylab yuraveradi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:25 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar