Guvoxlarsiz Islomni qabul qilsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Xozirda Rossiyada karantin bois uydan chiqmay o‘tiribman. Savolim bor edi, avvaliga masjidga borib imom domladan so‘ramoqchi edim lekin xozir buni iloji yo‘q. Bir ukrainalik qiz bilan internetda tanishib qoldim. Bir guruxda post qo‘ygan ekan yordam so‘rab. Shu bois gaplashib qoldik. U qiz yashaydigon shaxarda masjid yo‘q ekan. Qandey qilib qabul qilaman islom dinin deb so‘rayabdi. Men aytdimki shaxodat kalimasini keltir musulmon bo‘lasan dedim. U qiz o‘zi internetdan o‘qib bilibdiki masjidga borish kerak ekan qabul qilish uchun deb qoldi. Yana aytyabdi 10 soatlik yo‘l men turgan shaxardan to yaqindagi boshqa masjidga. Men aytdim imkoni bo‘lmasa shaxodat kalimasini ayt Alloh guvox bo‘ladi dedim. U qiz imomlardan domlalardan so‘rab bilib berishimni xoxladi. Bunde xolatda nima qilish kerak? Insha Alloh yana bir muslima ko‘paysa. Yordaminggizga muxtojman javobini kutayabdi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezda kalima keltirishi kerak. Muslima bo‘lishi uchun masjidga borishi shart emas. Siz guvoh bo‘lib tursangiz ham kifoya qiladi. Aslida sizni guvohligingiz ham shart emas. Qolganini asta sekin o‘rganib boraveradi. Quyidagi linkda berilgan saytni berib yuboring. O‘qib o‘rgansin. Vallohu a’lam!https://islam.uz/

3 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar