Tentak amirlar haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh sollollohu alayhi va sallam Kaab ibn Ujra roziyallohu anhuga men Olloh nomi bilan tentaklarning amirligidan panoh so‘rayman dedilar. Shunda Ka’ab: Tentaklar amirligi nima? dedi va u zot "Mendan keyin shunday amirlar bo‘ladiki ular meni yo‘limni tutmaydilar va meni sunnatimga ergashmaydilar kim ularni yolg‘onlarini tasdiqlasa va ularning zulmiga yordam bersa u mendan emas men ham ulardan emasman va ular havzi kavsarimga ham bormaydilar va kim ularni yolg‘ononi tasdiqlamasa va ularni zulmiga yordam bermasa ular mendandir va men ulardanman va ular havzimga qiyomat kuni etib boradilar". Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahih. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 137 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar