Moddiy yordam so‘rab kelgan odam

Assalomu alaykum! Biz bozorda ishlimiz ish beruvchi yaxshi haq to‘laydi lekn zakotdor emasmiz dokonda o‘tirganimizda erkak ham ayol ham yordam so‘rab keladi har hil vaziyatni etib bazida ishlashga qodirku diyman bazida Alloh sani oldinga man yuborgan edim dep jannatdan mahrum bo‘lib qolamanmi dep o‘ylab qolaman o‘zimni 7100$ qarzim bor oyma oy beraman dep vada berganman va to‘lab bormoqdaman shunga qandan yo‘l tutamam ehson qilish deganda en yaxshisi o‘z oilasiga qilgani dep eshitganim uchun uyimga olib boraman topgan pulimni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz uchun hozirgi holatda oilangiz va qarzdorlar birinchi o‘rinda turadi. Oilangizning nafaqasi va qarz uzishingiz vojib amal. Ehson qilishingiz esa nafl ibodat, sadaqa hisoblanadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:00 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar