Kim javobgar
Assalomu alaykum! Savolim shuki man ota onam bilan yashayman uylanganman, farzandlarim bor tabiiyki uyda ota onam boshliq menga yoqmaydigan shariatga tóģri kelmaydigan ishlarni keliniga yani xotinimga buyurishsa masalan ishga joylashtirdi men qarshi bóldim jim ból deyishdi shunga óxshash narsalarda men xotinimga gapimni ótqazolmatapman, men nima qilay deydi. shariat ruxsat begandek kiyanadi desam sen vahobi san deyishti shom vaxtida uzim namozimni uqib bolalarimni olib turaman shim uqib ol deb aytaman shungaham onam yomon qaratsi lekin ózkari namozni kanda qilishmaydi. Ishga kech qolsa urishib berishadi namozga kech qolsa manda boshqa etibor ham qilmaydi maslahat beringlar telegram kanalizgsham azoman shu holatga most maruza bólsa telegram kanalizga joylab qóyinglar iltimos ota onamga eshttiray iltimos etibor bering batafsil javob yozinglar slloh sizlardan rozi bólsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onaning farzandlar ustidagi haqqi nihoyatda ulkandir. Islom dini ota-onalarning qadrini yuksak darajaga ko‘targan shariatdadir. Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi: وَقَضَى رَبُّكَ أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّ وَلاَ تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلاً كَرِيمًا 23. Robbing faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka etsalar, bas, ularga «Uff», dema, ularga zajr qilma va ularga karamli so‘z ayt!
Mazkur oyatda Alloh taolo o‘ziga ibodat qilishga chaqirgan amridan keyinoq ota-onaga yaxshilik qilishni ta’kidlamoqda. Bu hol o‘z navbatida Islomda ota-onaning haqqi qanchalik ulug‘ ekanini bildiradi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham ko‘plab hadisi shariflarida ota-onaga yaxshilik qilish, ularning xizmatlarini qilib, duolarini olishga targ‘ib qilganlar. Jumladan:عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَيُّ الأَعْمَالِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: "الصَّلاَةُ لِوَقْتِهَا"، قَالَ: قُلْتُ: ثُمَّ أَيُّ؟ قَالَ: "بِرُّ الْوَالِدَيْنِ" رَوَاهُ الْإِمَامُ الْبُخَارِيُّ وَالْإِمَامُ مُسْلِمٌ.ya’ni: “Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: “Amallarning qaysi biri afzal?”, – deb so‘radim. “Vaqtida o‘qilgan namoz”, – dedilar. “Keyin nima?”, – dedim. “Ota-onaga yaxshilik qilish”, – dedilar”
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
Farzand har bir ishda o‘zining dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan ota-onasini rozi qilishga harakat qilishi lozim. Ammo, bu shariatda buyurilgan boshqa farz, vojib amallarni bajarishga to‘siq bo‘lishi joiz emas. Satri avrat har bir muslimaga farzdir. Uni ota-onaning qarshiligi tufayli tark qilinmaydi. Shuningdek, namoz dinning ustuni bo‘lib, uni o‘z vaqtida o‘qish barchamizning zimmamizdagi farz amaldir. Buni ham ado etishga hech kim to‘sqinlik qilishi joiz emas. Bundan boshqa muboh amallarda esa, albatta ota-onaning xohishiga qarash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 146 | Ayollarga oid masalalar