Iymon xaqida aqiydamiz

Assalomu alaykum Shayh Xazratlari.Biz bilamizki Ash’ariylar iymonni ziyoda va noqis bo‘ladi, deydilar. Moturidiylar iymon ziyoda va noqis bo‘lmaydi, deydilar. Bu to‘grisida dalillar keltirilgan. Ularda iymonni ziyoda bo‘lishi yozilgan lekin noqis bo‘lishligi aytilmagan. Shundan Iymon ziyoda bo‘ladi lekin aslo noqis bo‘lmaydi, balki amal ziyoda ham noqis ham bo‘ladi desak bu aqiydamiz ham to‘g‘li bo‘laveradimi?Qur’on oyatlarida ziyoda bo‘lishligi aytilgan, noqis bo‘lishligi yozilmagan. Shu aqiyda masalasida manda xar xil fikrlar kelib chalkashmokdaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Iymonning asli ziyoda ham, noqis ham bo‘lmaydi. Balki amal ziyoda va noqis bo‘ladi.

3 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 187 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar