Shariatimiz
Assalomu alaykum! So‘ramoqchi bo‘lgan savolim o‘rinlimi yoki yo‘q bilmadim, Allohning dini bo‘lgan "Islom Dini" 6-7 asrlarda Allohning hukmi ila nozil bo‘lgan, hozirda hammaga ayonki 21-asr, Shariatdagi hukmlar xuddiki o‘sha o‘tgan davrlar uchungagina o‘xshaydi(Alloh kechirsin). Hozirda yurgan yo‘lingiz gunohlardan iborat, shariatga to‘laqonli itoat etishning o‘zi katta muammo, Ishingiz tushadigan ko‘pgina joylar kufr va shirklardan iborat, Bir axli ilm musiqani mumkin desa ikkinchisi umuman mumkinmas deydi, Savolim shuki shariat hukmlari zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerakmi yoki yo‘q? Albatta uzr so‘rayman noxaq bo‘lsam, Alloh madadkor bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu shariat Allohniki. Qiyomatgacha hamma zamonga mosdir. Odamlar chanqoq kishi chuchuk suv qolib sho‘r suvga yugurgandek o‘zlari shariatni o‘rganishmasdan yashashmoqda. Dinini mahkam ushlab, sunnatga amal qilgan insonlar hamma vaqt hotirjamlikda yashashadi. Eng ko‘p bilgani va amal qilgani mana Ustozimiz rahimahulloh bo‘ladilar. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 14:23 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar